Messining bu samimiy harakati yana bir bor muxlislar mehrini qozondi (video)

JCH–2026 finalida Ispaniya terma jamoasi safida chempionlikni qo‘lga kiritgan Lamin Yamal va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi ishtirokidagi ta’sirli videolavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Videoda o‘yin yakunlangach, Yamal stadion maydonida o‘tirgan Messi tomon yo‘l olgani aks etadi. Yosh futbolchini o‘ziga yaqinlashayotganini ko‘rgan Messi esa darhol o‘rnidan turib, uni quchoqlaydi va tarixiy g‘alaba bilan samimiy tabriklaydi. Aynan shu lahza ko‘plab muxlislarning e’tiborini tortdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Messining mag‘lubiyatga qaramay raqib futbolchini hurmat bilan tabriklaganini haqiqiy sportchiga xos fazilat sifatida baholamoqda. Izohlarda "Mana haqiqiy buyuklik", "Messi doim hurmatni birinchi o‘ringa qo‘yadi", "Chempionni chempiongina shunday tabriklay oladi" kabi samimiy fikrlar ko‘plab yozib qoldirilgan.
Mazkur videolavha qisqa vaqt ichida minglab tomoshalarni yig‘ib, finaldan keyingi eng ko‘p muhokama qilingan va iliq kutib olingan lahzalardan biriga aylandi.






























Izohlar 0
…