Ishga qabul qilinmagan ayol qahvaxonani ostin-ustin qildi

Braziliyaning San-Paulu shahridagi qahvaxonalardan birida ishga qabul qilinmagan ayolning keskin harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u bir kun davomida qahvaxonada to‘liq smenada ishlab, barcha vazifalarni bajargan. Biroq ish kuni yakunida muassasa rahbariyati uni ishga qabul qilmasligini ma’lum qilgan. Ayol esa kun bo‘yi bepul mehnat qildirilganini, o‘zini "quldek ishlatishganini" da’vo qilgan.
Shundan so‘ng jahli chiqqan ayol qahvaxona ichidagi buyumlarni ag‘darib tashlagan, jihozlarga zarar yetkazgan va mojaro davomida ish boshqaruvchisiga pichoq bilan tahdid qilgan. Hodisa joyiga huquq-tartibot xodimlari yetib kelgan. Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tarqalgan videolar esa internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.






























Izohlar 0
…