Jahon chempionati tarixida ilk bor "osmondagi" stadionda o‘yin o‘tkaziladi

Saudiya Arabistoni 2034 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun dunyoda o‘xshashi bo‘lmagan stadion qurishni rejalashtirmoqda. Loyiha doirasida arena futuristik "The Line" megamajmuasining tom qismida, yer sathidan 350 metr balandlikda bunyod etiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, stadion 46 mingdan ortiq muxlisni sig‘dira oladi. Uchrashuvlar vaqtida tomoshabinlar o‘yinni go‘yoki osmon bag‘rida, bulutlar uzra tomosha qiladi. Arenadan shaharning betakror panoramali manzarasi ham ko‘rinib turadi.
Loyiha mualliflarining ta’kidlashicha, ushbu stadion zamonaviy arxitektura, ilg‘or texnologiyalar va ekologik yechimlarni o‘zida mujassam etadi. Sport majmuasi to‘liq qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga ishlashi rejalashtirilgan bo‘lib, u 2034 yilgi Jahon chempionatining eng diqqatga sazovor inshootlaridan biriga aylanishi kutilmoqda. Bu loyiha futbol muxlislariga mutlaqo yangi va unutilmas tomosha tajribasini taqdim etishi aytilmoqda.






























Izohlar 0
…