Tuxeldan kutilmagan bayonot: «Manchester Siti»ning jazolanishi terma jamoaga ta’sir qiladimi?

Tuxeldan kutilmagan bayonot: «Manchester Siti»ning jazolanishi terma jamoaga ta’sir qiladimi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Manchester Siti»ning moliyaviy ayblovlar sababli quyi ligaga tushirilishi mumkinligi haqidagi xavotirlarga javob berdi.
  • Tuxelning ta’kidlashicha, futbolchilarning qaysi ligada o‘ynashi terma jamoaga chaqiruv olishda asosiy mezon bo‘lmaydi, balki ularning jamoaga keltira oladigan nafidan kelib chiqiladi.

Angliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «Manchester Siti» atrofida avj olgan moliyaviy ayblovlar va klubning quyi ligaga tushirib yuborilish xavfi terma jamoa tarkibiga qanday ta’sir qilishi haqida ochiq gapirdi. Nemis mutaxassisi yulduz futbolchilar klub muammolari sababli jazolanmasligini ta’kidladi.

Mustaqil komissiya tomonidan moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topilgan «shaharliklar» ustidan apellyatsiya jarayoni davom etayotgan bir paytda, jurnalistlar Tuxelga Angliya yulduzlarining milliy jamoadagi taqdiri bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri savol bilan yuzlanishdi.

«Divizion emas, mahorat muhim»: Tuxelning qat’iy pozitsiyasi

Angliya termasi ustozi jamoaga chaqiruv olishda klubning ligadagi maqomi hal qiluvchi omil emasligini aniq tushuntirib berdi:

  • Asosiy mezon — foyda: «Men terma jamoaga nomzodlarni tanlashda ularning muayyan o‘yin, yig‘in yoki yirik turnirlarda jamoaga qay darajada naf keltira olishiga e’tibor qarataman. Futbolchining qaysi ligada to‘p surishi ikkinchi darajali», — dedi murabbiy.

  • Avtomatik chetlatish bo‘lmaydi:

«Futbolchining eng yuqori divizionda o‘ynamayotgani uni avtomatik tarzda milliy terma jamoadan chetlashtirish kerak degani emas. Har bir holat va har bir o‘yinchi alohida, individual tarzda ko‘rib chiqilishi shart», — deya ta’kidladi Tomas Tuxel.

«Siti» apellyatsiya bergan, bosim davom etmoqda

Eslatib o‘tamiz, Premer-liganing mustaqil komissiyasi «Manchester Siti»ni ko‘p yillik moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganlikda aybdor deb topgan edi. Jarimalar qatorida ochkolarni olib tashlashdan tortib, quyi ligaga tushirib yuborish kabi eng qattiq jazolar ham tilga olinmoqda.

Manchester klubi rahbariyati esa barcha da’volarni keskin rad etib, yuqori instansiyaga rasmiy shikoyat arizasi kiritgan. Tuxelning bu bayonoti esa «Manchester Siti» tarkibidagi Angliya termasi yetakchilari uchun katta ruhiy dalda bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar