
Angliya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan «Liverpul» - «Arsenal» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda 4:0 hisobi qayd etilib, mersisaydliklarning yirik g‘alabasi bilan tugadi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida Firmino jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim oxirida Sadio Mane hisobni oshirdi.
57-daqiqada Muhammad Saloh mezbonlarning uchinchi goliga mualliflik qildi. Oradan yigirma daqiqa o‘tib, Starrij hisobni 4:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.
Shu tariqa ushbu mag‘lubiyat “to‘pchilar” uchun ketma-ket ikkinchisi bo‘ldi, «Liverpul» esa ochkolari sonini 7 taga yetkazib oldi.
Angliya chempionati
3-tur
Liverpul – Arsenal 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 17 Firmino, 2:0 – 40 Mane, 3:0 – 57 Saloh, 4:0 – 77 Starrij.
Liverpul – Karius, Matip, Moreno, Gomes, Lovren, Firmino, Djan, Salax, Veynaldum, Mane (Starrij, 74), Xenderson.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal, Belerin, Xolding, Jaka, Oksleyd-Chemberlen (Lyakazett, 62), O‘zil, Remzi (Koklen, 46), Sanches (Jiru, 62), Uelbek.
Ogohlantirishlar: Lovren (20), Uelbek (22), Gomes (23), Jaka (40), Ozil (49), Xolding (73).
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar