Aslida, TOP100 tennischilari uchun mavsum noyabr oyidayoq yakunlanadi. Ammo, dunyo reytingining quyi pog‘onalaridagi tennischilari uchun tanaffus degan narsa yo‘q. Terma jamoamiz tennischilaridan Jo‘rabek Karimov shu hafta Doxadagi turnirda ishtirok etdi va shu tariqa o‘zbek tennischilarining xalqaro musobaqalardagi bu yilgi ishtiroki yakuniga yetdi.
Bugun o‘zbekistonlik erkak tennischilar 2017 yilda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda qancha mukofot pullari ishlab topganliklari, ular yilni qanday o‘rinda yakunlayotganliklari va faoliyatlari davomida qancha pul mukofoti ishlashga muvaffaq bo‘lganliklari bilan qiziqib ko‘ramiz.
Erkaklar (TOP5)
1) Denis Istomin

Yillik daromadi: 699,225 AQSh dollari
Reytingdagi o‘rni - 63
Faoliyati davomida - 5,336,016 AQSh dollari ishlab topgan.
2) Sanjar Fayziyev

Yillik daromadi - 21,740 AQSh dollari
Reytingdagi o‘rni - 400
Faoliyati davomida - 78,160 AQSh dollari ishlab topgan
3) Jo‘rabek Karimov

Yillik daromadi - 10,291 AQSh dollari
Reytingdagi o‘rni - 612
Faoliyati davomida - 36,595AQSh dollari ishlab topgan.
4) Temur Ismoilov

Yillik daromadi - 9,354 AQSh dollari
Reytingdagi o‘rni - 826
Faoliyati davomida - 71,631AQSh dollari ishlab topgan.
5) Sergey Fomin

Yillik daromadi - 3,278 AQSh dollari
Reytingdagi o‘rni - 1002
Faoliyati davomida - 6,506 AQSh dollari ishlab topgan
Manba: olamsport.com
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar