Sarri «Napoli»dan ketdi, o‘rniga Karlo Anchelotti keldi

«Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis bosh murabbiy Mauritsio Sarri iste’fosini e’lon qildi va shu kunning o‘zidayoq yangi murabbiyni tanishtirdi.
«Mauritsio Sarriga «Napoli»dagi mehnati va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiraman. Uning o‘yin uslubi barchani lol qoldirdi. Bravo, Mauritsio!», – deb yozadi De Laurentis tvitterdagi sahifasida.
Sarrini iste’foga chiqargan neapolliklar darhol jamoaning yangi bosh murabbiyini ommaga tanishtirib ulgurdi. Italiyalik mashhur futbol mutaxassisi Karlo Anchelotti «Napoli» bilan 3 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Sarrining esa Rossiyaning «Zenit» klubida ish boshlashi kutilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!«Mauritsio Sarriga «Napoli»dagi mehnati va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiraman. Uning o‘yin uslubi barchani lol qoldirdi. Bravo, Mauritsio!», – deb yozadi De Laurentis tvitterdagi sahifasida.
Sarrini iste’foga chiqargan neapolliklar darhol jamoaning yangi bosh murabbiyini ommaga tanishtirib ulgurdi. Italiyalik mashhur futbol mutaxassisi Karlo Anchelotti «Napoli» bilan 3 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Sarrining esa Rossiyaning «Zenit» klubida ish boshlashi kutilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…