23:38 / 31.08.2018
3 619

Osiyo oʻyinlarida yakuniy musobaqalar. Oʻzbekiston oltinlar shodasi kutmoqda

Osiyo oʻyinlarida yakuniy musobaqalar. Oʻzbekiston oltinlar shodasi kutmoqda
Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida boʻlib oʻtayotgan XVIII yozgi Osiyo oʻyinlari davom etadi.

Asosiy musobaqalar yakunlanadigan 1 sentyabr kuni oʻzbekistonlik 28 nafar sportchi yakkalik va jamoa holda 5 sport turi boʻyicha bahs olib borishadi.

Musobaqalar, ularning Toshkent vaqti bilan boshlanish soatlari hamda unda ishtirok etuvchi sportchilar bilan quyida tanishish mumkin.

Triatlon
Aleksandr Kurishov. Individual standart. Final. 05:30

Baydarka va kanoeda eshkak eshish
Artur Guliyev, Elyorjon Mamadaliyev. Ikkitalik. S2 × 200 m. Final. 07:00
Olga Umaraliyeva. Yakkalik K1 × 200 m. Final. 06:30
Dilnoza Rahmatova. Yakkalik S1 × 200 m. Final. 06:40
Ye. Shubina/Yu.Borzova. Ikkitalik K2 500 m. Final. 08:00
N.Kazanseva, Yu.Borzova, Ye.Shubina, K.Kochneva. Toʻrttalik K4 500 m. Final. 09:30

Dzyudo
Ayollar jamoasi. Saralashdan finalgacha. 07:00-10:00. 14:00-16:00
Erkaklar jamoasi. Saralashdan finalgacha. 07:00-10:00. 14:00-16:00

Sambo
Kamoliddin Xolmatov. -90 kg. Saralashdan finalgacha. 08:00-10:00. 14:00
Neʼmat Yoqubov. -90 kg. Saralashdan finalgacha. 08:00-10:00. 14:00
Gulmira Ismatova. -68 kg. Saralashdan finalgacha. 08:00-10:00. 14:00
Nilufar Davletova. -68 kg. Saralashdan finalgacha. 08:00-10:00. 14:00

Boks. Final
Hasanboy Doʻsmatov - Amit (Hindiston). 12:00
Jasurbek Latipov - Ladon Rogen (Filippin). 12:15
Miraziz Mirzaxalilov - Jo Hyo Nam (KXDR). 12:30
Shunqor Abdurasulov - Erdenebet Sendbatar (Moʻgʻuliston). 12:45
Iqboljon Xoldorov - Batarsuk Chinzorik (Moʻgʻuliston). 13:00
Bobousmon Baturov - Aslanbek Shimbergenov (Qozogʻiston). 13:15
Isroil Madrimov - Amankul Abilxan (Qozogʻiston). 13:30.

31 avgust kuni Oʻzbekiston delegatsiyasi 4ta bronza medal bilan boyidi. Sambochilar ikkita, dzyudochilar ikkita medalni delegatsiya hisobiga qoʻshib qoʻyishdi.

Bugungi bahslardan keyin Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobidagi bronza medallar soni 23taga yetdi. Oʻzbekiston umumiy reytingda 57 medal bilan (15 oltin, 19 kumush va 23 bronza) yettinchi oʻrinda qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo oʻyinlarida yakuniy musobaqalar. Oʻzbekiston oltinlar shodasi kutmoqda