20:30 / 28.10.2018
3 310

Baxtiyor Ashurmatov: "Shogirdlarim bilan faxrlanaman"

Baxtiyor Ashurmatov: "Shogirdlarim bilan faxrlanaman"
AGMK bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov O‘zbekiston kubogi finalida "Paxtakor" bilan kechgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugungi bahsda bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barcha vodiylik muxlislarga katta rahmat aytaman. Bugun kutganimdek juda ko‘pchilik AGMKni qo‘llab-quvvatladi. Yigitlarga o‘yindan oldin o‘z o‘yinlarini namoyish etishsa, albatta g‘alaba qozonishimizni ta’kidlagan edim.

Shukr, ular o‘zlarining eng yaxshi o‘yinlarini ko‘rsata olishdi. Jamoamiz muxlislari, rahbarlari va futbolchilarimizni g‘alaba bilan tabriklayman. Futbolchilarim bilan faxrlanaman", - deb Ashurmatovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL matbuot xizmati.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Baxtiyor Ashurmatov: "Shogirdlarim bilan faxrlanaman"