09:47 / 11.11.2018
4 279

Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi

Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi
O‘zbekistonlik professional bokschi Shohjahon Ergashev Chikagoda o‘zining 15-jangini o‘tkazdi.

Ushbu jangda Ergashevga amerikalik Zaka Remsi raqiblik qildi. 8 raundga mo‘ljallangan jang birinchi raunddayoq yakunlandi - amerikalik bokschi ilk raunddayoq nokautga uchradi.

Ma’lumot uchun, Remsi prof ringda 13 ta jang o‘tkazib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan (4 tasi nokaut bilan). 5 marotaba mag‘lub bo‘lgan (3 marotaba nokautga uchragan).

Shohjahon Ergashev uchun esa bu 15-jangdagi 15-g‘alaba bo‘ldi. U janglarining 14 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini birinchi raunddayoq nokaut qildi