Toshkentda 5 yoshli qizaloq hojatxona chuquriga tushib ketdi

1 daqiqa o'qish92
Toshkentda 5 yoshli qizaloq hojatxona chuquriga tushib ketdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 5 yoshli qizaloq hovlidagi hojatxona chuquriga tushib ketdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 25 iyun kuni sodir bo‘lgan.

Xabar kelib tushishi bilan voqea joyiga qutqaruvchilar zudlik bilan yetib borgan. Ulardan biri maxsus himoya vositalari bilan chuqurga tushib, qizaloqni xavfsiz tarzda olib chiqqan.

Shundan so‘ng bolakayga voqea joyining o‘zida shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yaxshiyamki, qizaloq jiddiy jarohat olmagan va yaqinlariga sog‘-salomat topshirilgan.

Mutasaddilarning ma’lum qilishicha, hozirda qizaloqning ahvoli yaxshi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ota-onalarni bunday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida hovlilardagi ochiq yoki yetarlicha himoyalanmagan chuqurlarni doimo nazorat ostida saqlashga chaqirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?