Zarina Yo‘ldosheva Bokudagi muxlisidan qattiq ta’sirlanganini aytdi (video)

Zarina Yo‘ldosheva Bokudagi muxlisidan qattiq ta’sirlanganini aytdi (video)

Aktrisa Zarina Yo‘ldosheva “Navo mehmonda” loyihasidagi suhbatda Ozarbayjonning Boku shahrida boshidan kechirgan unutilmas voqeani so‘zlab berdi. Uning aytishicha, u yerda namoyish etilgan serial tufayli ko‘plab muxlislar uni yaqindan ko‘rish uchun turli hududlardan kelishgan.

“Bokuda biz suratga tushgan serial namoyish etilgan. O‘sha yerga borganimizda yoshi buvim tengi bir ayol boshqa viloyatdan meni ko‘rish uchun kelgan ekan. Ichkarida o‘tirganimda meni chaqirib, 'Sizni muxlisingiz keldi', deyishdi.

Tashqariga chiqqanimda o‘sha ayol yugurib kelib, meni quchoqlab yuzimdan o‘pib, yig‘lab yubordi. 'Sizni nihoyat ko‘ra oldim', deb juda hayajonlandi. Men ham bu holatdan juda ta’sirlandim. Keyin birga suhbatlashdik, esdalik uchun suratga tushdik va u xursand bo‘lib qaytib ketdi”, — deya xotirladi aktrisa.

Zarina Yo‘ldoshevaning ta’kidlashicha, Boku safari davomida unga bo‘lgan mehr va e’tibor juda katta bo‘lgan.

“Ba’zida meni O‘zbekistondan ko‘ra Bokuda ko‘proq tanishadigandek tuyuladi. Chunki u yerda meni ko‘rish uchun turli shaharlardan odamlar kelishgandi”, — dedi u.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar