Toshkentda 5 yoshli qizaloq hojatxona chuquriga tushib ketdi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida kichik yoshli qizaloq bilan bog‘liq ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘ldi. Baxtga qarshi, voqeaga tezkorlik bilan yetib kelgan qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari tufayli bolaning hayoti saqlab qolindi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 25 iyun kuni soat 17:33 atrofida Yunusobod tumanidagi Obiravon ko‘chasida joylashgan xususiy uylardan birida ro‘y bergan. 2021 yilda tug‘ilgan qizaloq ehtiyotsizlik oqibatida hovlidagi hojatxona chuquriga tushib ketgan.
Xabar kelib tushishi bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilardan biri maxsus jihozlar yordamida chuqurga tushib, qizaloqni xavfsiz holda yuqoriga olib chiqqan.
Shundan so‘ng bolaga shifokorlar tomonidan zarur tibbiy ko‘rik va birinchi yordam ko‘rsatildi. Yaxshiyamki, qizaloqning hayotiga xavf tug‘ilmagan va u ota-onasi bag‘riga sog‘-omon topshirilgan.






























Izohlar 0
…