
Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvidan keyin Ignatiy Nesterov o‘z fikrlarini bildirdi.
"Men darvozani yaxshi qo‘riqlaganimning zamirida sheriklarimning harakati yotibdi. Ular menga yordam berishdi. Bugun munosib o‘yin namoyish etdik deb o‘ylayman. Bizga bunday raqibga qarshi bahsda biroz tajriba yetishmadi. Hech nimaga qaramay biz xarakter namoyish etdik.
Menimcha Toshkentda yana bitta xayrlashuv o‘yinini o‘tkazaman keyin terma jamoadan ketsam kerak.
Bu yerga kelib bizni qo‘llab quvvatlagan barchaga, O‘zbekistonda qolgan barcha barcha muxlislarga rahmat aytaman. Video orqali menga ishonch bag‘ishlagan oilamga minnatdorchilik bildiraman", - deydi Ignatiy Nesterov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar