08:37 / 10.02.2019
3 828

Shota Arveladze: “Bizni jiddiy raqib bilan o‘yin kutmoqda”

Shota Arveladze: “Bizni jiddiy raqib bilan o‘yin kutmoqda”
"Paxtakor" bosh murabbiyi jamoaning Osiyo Chempionlar Ligasi 2-saralash bosqich o‘yiniga tayyorgarligi va yig‘inlar xususida fikrlarini bildirdi.
- Yig‘inlarda qiyinchilikka duch keldik. Chunki yig‘in boshida deyarli yarim jamoa yo‘q edi. To‘liq jamoa yig‘ilganda o‘zimizga kelishni boshladik. Hali yana ko‘p jihatlar ustida ishlashimiz talab etiladi.

Yangi futbolchilar jamoaga tezroq kirishib ketishlariga umid qilaman. Hozir bu jarayon davom etmoqda. Yigitlar mashg‘ulotlarda quvnoq va shu bilan birga professional tarzda ishlashmoqda.

Uchrashuvga tayyorgarlikni yaxshi o‘tkazdik. Raqibimiz jiddiy jamoa, ular OFK Kubogining oxirgi uch mavsumida g‘olib chiqishgan. Bu shunchaki bo‘lmaydi, albatta. "Eyr Fors" jismonan yaxshi shakllangan. Standart vaziyatlarda yaxshi o‘ynashadi. Tarkibida o‘yinni o‘zgartira olishga qodir futbolchilar mavjud. Bizni juda qiyin o‘yin kutib turibdi. Iroqda mavsum qizigan pallaga kirgan. Bu bizning foydamizga emas, ammo g‘alaba qozonish va keyingi bosqichga chiqish uchun bor kuchimizni beramiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shota Arveladze: “Bizni jiddiy raqib bilan o‘yin kutmoqda”