
13-20 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo‘yicha 70-an’anaviy "Strandja" turniri bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada jahonning 42 mamlakatidan 350 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustasi ishtirok etadi. Shu jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham bahslarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar, deb xabar qilmoqda MOQ matbuot xizmati.
Terma jamoamiz turnirda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-64 kg: Aliyor Noraliyev
-69 kg: Bobo-Usmon Boturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Xurshid Abdullayev
-91 kg: Sanjar Tursunov.
Murabbiylar:
Ilyos Rahimjonov
Bahodir Erkayev “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar