12:05 / 01.06.2020
4 333

"Trabzonspor" Jaloliddin Masharipov uchun "Paxtakor" so‘ragan pulni berishga tayyor

"Trabzonspor" Jaloliddin Masharipov uchun "Paxtakor" so‘ragan pulni berishga tayyor
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi a’zosi Jaloliddin Masharipov Yevropaga yo‘l olishi mumkin. Bu haqda Turkiyaning karadeniz gazetasi xabar tarqatdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, "Trabzonspor" klubining sobiq futbolchisi Shota Arveladze boshqarayotgan "Paxtakor" klubidagi yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov Yevropaga yo‘l olishni va "Trabzonspor" libosini kiyishni xohlamoqda.

"Sherlar" futbolchi uchun Turkiya klubidan 2 million yevro so‘ragan. "Trabzonspor" esa Masharipov uchun har qanday pulni berishga tayyor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Trabzonspor" Jaloliddin Masharipov uchun "Paxtakor" so‘ragan pulni berishga tayyor