23:45 / 02.07.2020
1 914

Mirjalol Qosimov "Nasaf" bilan o‘yin, Tursunovning jarohati va mag‘lubiyatsiz seriya sabab bosim haqida

Mirjalol Qosimov "Nasaf" bilan o‘yin, Tursunovning jarohati va mag‘lubiyatsiz seriya sabab bosim haqida
AGMK - "Nasaf" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
O‘yin haqida
Bugun bir-biriga mos ikki jamoa o‘zaro o‘yin o‘tkazdi. Ularning har ikkisi ham bugungi kunga qadar mag‘lubiyatsiz kelayotgandi. O‘yin jangovar, tezkor va kurashlarga boy bo‘ldi. "Nasaf" shakllangan jamoa. Jamoaning o‘z akademiyasi bor va u yerdan yaxshi futbolchilar yetishib chiqqan. Berdiyev doimo yoshlar bo‘lishiga qaramay, jamoani yaxshi shakllantira olgan. G‘alaba qozonganimizdan xursandman.

Shuningdek, bizni TV orqali bo‘lsada qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislar pandemiya orqali stadionga kira olishmayapti. Shu sababli, Olmaliqda o‘yinlarni TV orqali ko‘proq takror namoyish etishni iltimos qilishibdi. Bu quvonarli, futbolchilarimizning mehnati. Fursatdan foydalanib, yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘yin davomida kurashishdi va o‘z maqsadimizga yetdik. Jamoamizga befarq bo‘lmagan insonlarga va rahbariyatga rahmat aytmoqchiman.

Jamoadagi o‘zgarishlar
Raqib safida Bozorov va Kenjaboyev tushganidan so‘ng Sardor Rahmonovni maydonga tushirdim. Chunki, tayanch zonasi bo‘shdek ko‘rinib qoldi. Zahiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o‘yinni kuchaytira olishdi.

Zonich tayyormi?
U o‘yinlarga tayyor. Jarohatdan qutildi va mashg‘ulotlarda qatnashmoqda. Raqibdan kelib chiqqan holda o‘yinchilar tanlanadi. Har doim ham rotatsiya qilib bo‘lmaydi. Markazdagi futbolchilarimiz oldingi o‘yinlarda yomon harakat qilishmadi. Shu sababli ham, bugungi muhim o‘yinda ularni o‘z o‘rnida qoldirdim. Mavsum hali uzoq. Masalan, bugun Sanjar ham o‘zini yomon his qildi. Hali o‘yinlar ko‘p va rotatsiyalar amalga oshiriladi.

Tursunovning jarohati
Issiq jon. Bu barchada kuzatiladi. U o‘yindan oldin o‘zini yaxshi his qilayotgandi. Uchrashuv davomida uning ko‘ngli aynidi va o‘zini yomon his qila boshladi. Uning jarohati jiddiy emas.

Mag‘lubiyatsiz seriya sabab bosim
Avvalambor ushbu seriyamiz davomli bo‘lsin. Maydonga chiqqandan keyin kurashish kerak. Gol kiritgandan so‘ng bo‘shashgandik. Darhol gol o‘tkazib yubordik. Har bir uchrashuvga jiddiy tayyorlanib, oxirigacha kurashish kerak. Kuchli istak kerak. Piyoda yurib xech kimni yutib bo‘lmaydi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov "Nasaf" bilan o‘yin, Tursunovning jarohati va mag‘lubiyatsiz seriya sabab bosim haqida