15:25 / 14.08.2020
2 965

Isroil Madrimov: "Eddi Xirnning O‘zbekistonda jang kechasi tashkil qilish rejasi bor"

Isroil Madrimov: "Eddi Xirnning O‘zbekistonda jang kechasi tashkil qilish rejasi bor"
Isroil Madrimov yaqin orada o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Shu munosabat bilan chet el ommaviy axborot vositalari undan intervyu olmoqda. Xususan, dunyodagi eng yirik, boksga ixtisoslashgan “Boxingscene.com” sayti ham hamyurtimiz bilan intervyu tashkil qildi. Ushbu suhbatning tarjima qilingan holida e’tiboringizga havola etamiz.

Isroil Madrimovning 15 avgust (Toshkent vaqti bilan 16 avgust tongida) kuni Talsa shahrida boks kechasidagi jangi qatta qiziqishga sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, u ushbu kechada Erik Uoker ustidan g‘alaba qozonish orqali Eddi Xirnning O‘zbekistonda jang tashkil qilish bo‘yicha rejalarini yanada mustahkamlash va o‘ziga bo‘lgan ishonchni oqlash uchun harakat qiladi.

Madrimov (5-0, 5 KO) havaskor faoliyatidan professinal boksga o‘tib, 2018 yil noyabr oyida o‘zining ilk jangidayoq kamar sohibiga aylandi va yuqori daromadli janglar taqdim etuvchi reytingga erishdi.

Shuningdek, hech qaysi raqibi yettinchi raunddan uyog‘iga o‘tmagan. Madrimov navbatdagi g‘alabasi orqali jahon chempionlik kamari uchun yana bir qadam tashlash ishtiyoqida bo‘lsa-da, uning bo‘lajak raqibi Erik Uoker (20-2, 9 KO) Talsa shahriga Madrimovning mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘yish uchun tashrif buyurganligiga ishonmoqda.

Boks O‘zbekistonda eng ommaviy sport turlaridan hisoblanadi. Yanvar oyida 8-jangida Daniel Romanni mag‘lub etib, 2 yo‘nalishda jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan Murodjon Ahmadaliyevning g‘alabasini katta tantana bilan nishonlashgan edi.

Madrimov esa, super yarim o‘rta vaznda WBA va IBF chempioni Xeyson Rosario va WBC chempioni Jermel Charlo jangi g‘olibiga qarshi bahs yuritib, 3 ta kamarni birlashtirish va o‘z hamyurtining rekordini yangilash ishtiyoqida ekanini yashirayotgani yo‘q. Kamarlarni qo‘lga kiritish asosiy maqsad, ammo bu voqea O‘zbekistonda bo‘lishi esa alohida tarix bo‘lardi. Madrimov bunday bo‘lishiga ishonmoqda.

"Eddi Xirn bilan O‘zbekistonda jang kechasi tashkil etish bo‘yicha rejalar bo‘lmoqda va hozir Murodjon jahon chempioni bo‘lgan vaziyatda bu ish yanada osonlashdi. Bu juda katta boks kechasi bo‘lar edi. Bizning xalqimiz ashaddiy boks ishqibozlari va ular har qanday joyni to‘ldirgan bo‘lardi. Qolaversa, davlat ham buni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuning uchun ham, stadionlarni to‘ldira oladigan va insonlarning yodida qoladigan oqshom o‘tkazilishiga ishonaman.

Murodjon allaqachon 8 jang bilan 2 ta jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritib tarix yaratdi va biz uning do‘stlari, akalari va jamoadoshlari sifatida bundan xursandmiz. Uning qanday ishni amalga oshirganiga hamon ishonish qiyin. Ammo menda hali uning rekordini yangilash uchun imkon bor.

Hozirda asosiy e’tibor, bu Erik Uoker va hali uni hisobdan chiqarganimcha yo‘q. Biroq barcha ish bajarilgach, biz chempion kim bo‘lishidan qat’i nazar, jangga chiqish uchun harakat qilamiz. Rosario va Charlo o‘zaro jang o‘tkazishadi va kim g‘olib bo‘lishining ahamiyati yo‘q! Men ular bilan jang qilishga tayyorman.

Men uchun har bitta jangim muhim. Dastlabki urinishimdayoq kamar sohibi bo‘ldim va oxirgi jangim ham eliminator to‘qnashuvi bo‘lgan. Bu natijam, yanada kattaroq marralarni zabt etish uchun zinapoya bo‘ladi. Bu yakuniy eliminator bahsi va men uchun juda muhim. Chunki, g‘alaba qozongan taqdirimda keyingi jangim asosiy jahon chempionlik kamari uchun bo‘lishi kerak. Agar, majburiy da’vogar bo‘lsam, chempionlar mendan qocha olishmaydi. Chempionlarga chaqiriq tashlamayman va ular uchun majburiy pozitsiyada bo‘laman. Men 3 yo‘nalishda jahon chempioni bo‘lish orqali o‘z tariximni yaratib, rekord o‘rnatgan holda, mashhurlikka erishishni xohlayman
[i][/i]", - dedi Madrimov o‘z intervyusida.

Ingliz tilidan Jalol Ahmedov tarjimasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimov: "Eddi Xirnning O‘zbekistonda jang kechasi tashkil qilish rejasi bor"