15:27 / 01.12.2020
2 904

Habib Nurmagomedov: "O‘zbekistonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman"

Habib Nurmagomedov: "O‘zbekistonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman"
Avvalroq yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Toshkentga yetib kelgani haqida xabar bergan edik.
Nurmagomedov o‘zbek sportchilari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi va o‘zbekistonlik muxlislariga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda «UzReport» xabar bermoqda.

Barchaga Assalomu alaykum. Birinchi navbatda o‘zbekistonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Janglarim davomida meni qo‘llab-quvvatlab turdingiz, buni his qildim. Buning uchun rahmat.

Mamlakatda sportni rivojlantirish uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish kerak. Ko‘rib turibman, xalqaro arenalarda o‘zbek jangchilari paydo bo‘la boshladi. Sizlarda boks ham yaxshigina rivojlangan. Sizlardagi yigitlarning potensialini ko‘rib turibman
”, dedi Nurmagomedov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Habib Nurmagomedov: "O‘zbekistonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman"