1 162
Habib Nurmagomedov yana jang qiladimi? Uning UFC prezidenti bilan uchrashuvi tafsilotlari...

Foto: UFC
UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov hamda tashkilot prezidenti Deyna Uayt Abu-Dabida uchrashuv o‘tkazdi. Deyna Uayt uchrashuv qanday o‘tgani haqida gapirib o‘tdi.
«Habibning boshiga juda ko‘p narsa tushdi: otasining vafoti, Getji bilan jangdan oldin oyog‘idan jarohat olishi. O‘shanda Habib bilan o‘ziga kelib olishi uchun tanaffus olish borasida kelishib olgandik.
Habib o‘zi xohlagan barcha narsaga erishdi. Uning qaytishi uchun motivatsiya yo‘q. Kelasi hafta biz ikkita top jang guvohiga aylanamiz: Konor Makgregor Dastin Porega qarshi, Maykl Chendler esa Den Hukerga.
Agar ushbu yigitlar qandaydir fenomenal narsa ko‘rsata olsa, Habib qaytish borasida o‘ylab ko‘rishini aytdi. Shuning unga ayni damda Charlz Oliveyraning haraktalari ma’qul kelayotgan ekan. Habib qaytish uchun sabab ko‘rmasa, divizion chempionligini ushlab turmaydi», — deydi Uayt.
Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov 2020 yil 24 oktabrida UFC 254 musobaqasi doirasida Jastin Getjini mag‘lub etgandi. Jang tugashi bilan Habib MMA’dagi sportchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Habib Nurmagomedov Jastin Getjiga qarshi jangdan uch hafta oldin oyog‘ini sindirib olgani ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov va Jastin Getji jangi qachon va qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov hamda Jastin Getji o‘rtasidagi jang qachon bo‘lishi ma’lum qilindi

UFC prezidenti Habib va Toni o‘rtasidagi jang 18 aprelda bo‘lib o‘tishini aytdi

Habib Nurmagomedov Porega qarshi jangdan qancha ishlab olishi ma’lum bo‘ldi

Uayt: “Konor faqat Habib bilan jang qilmoqchi”