Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi Rossiyaning "Zenit" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va yirik 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yindan keyin terma jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov O‘FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Afsuski, 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Menimcha, bu raqibning bir ikki kundan keyin Yevropa Ligasida o‘ynaydigan tarkibi. Ular bizga qaraganda bu o‘yinga ancha tayyor edi. 4ta gol biz uchun, albatta, ko‘p. Iordaniyaga qarshi bahsda boshqa rejalarimizni ham amalga oshirib ko‘ramiz. Muxlislar natijadan hafa bo‘lganligi aniq, ammo biz zaxira kuchlarimizni sinab ko‘rishimiz kerak edi. O‘zimiz ham buncha gol o‘tkazib yuborganimizdan ranjidik. Oldinda vaqt bor va hammasini to‘g‘rilaymiz. Yig‘inga taklif qilingan futbolchilar bilan kelajakda hamkorlik qilishimiz mumkin. Shu bois, ularning imkoniyatlarini ko‘rib oldik", - dedi Abramov.
Ma’lumot uchun, "Zenit" YECHL "F" guruhida 1 ochko bilan 4-o‘rinni olgandi. Shu sababli, piterliklar Yevropa Ligasida ham ishtirok eta olmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Zenit" O‘zbekiston terma jamoasiga javobsiz 4ta gol urdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining BAA yig‘inidagi yana bir raqibi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasi Dubayda Iordaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

Vadim Abramov O‘zbekiston terma jamoasiga yana Lutfulla To‘rayevni chaqirdi

Vadim Abramov: “Bugun milliy terma jamoa yoshlar jamoasiga qarshi oʻynagandek boʻldi”

Yaponiyani mag‘lub etgan Vadim Abramov ertangi o‘yindan oldin fikr bildirdi