O‘tgan yilning kuzida “Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov yangi mamlakat va chempionatga moslashishida unga yordam bergan do‘stlari haqida gapirdi.
- Men birinchi Dominiko Krishito bilan do‘stlashib oldim. U rus tilida yaxshi gaplasha oladi. Biroq, menga eng ko‘p Daniel Dumbravanu yordam bergan. Bu bola biz bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi, u menga juda ko‘p marotaba tarjimonlik qilgan, italyanchani yaxshiroq tushunishimga ko‘maklashgan, - dedi Eldor Shomurodov.
19 yoshli Daniel Dumbravanu moldovalik hisoblanadi. U “Jenoa”ning yoshlar jamoasida to‘p tepadi va asosiy tarkib mashg‘ulotlariga ham jalb etilib kelmoqda. Birinchi jamoadagi debyutini Italiya kubogi doirasida “Yuventus”ga qarshi o‘yinda nishonladi.
Dominiko Krishito esa, 2011-2018 yillar davomida “Zenit” sharafini himoya qilgan va jamoa yetakchilaridan bo‘lgan. Krishito o‘z vaqtida Rossiya premer-ligasida Eldor Shomurodovga qarshi o‘ynagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!