O‘tgan yilning kuzida “Rostov”dan “Jenoa”ga ko‘chib o‘tgan Eldor Shomurodov yangi mamlakat va chempionatga moslashishida unga yordam bergan do‘stlari haqida gapirdi.
- Men birinchi Dominiko Krishito bilan do‘stlashib oldim. U rus tilida yaxshi gaplasha oladi. Biroq, menga eng ko‘p Daniel Dumbravanu yordam bergan. Bu bola biz bilan mashg‘ulotlarda qatnashadi, u menga juda ko‘p marotaba tarjimonlik qilgan, italyanchani yaxshiroq tushunishimga ko‘maklashgan, - dedi Eldor Shomurodov.
19 yoshli Daniel Dumbravanu moldovalik hisoblanadi. U “Jenoa”ning yoshlar jamoasida to‘p tepadi va asosiy tarkib mashg‘ulotlariga ham jalb etilib kelmoqda. Birinchi jamoadagi debyutini Italiya kubogi doirasida “Yuventus”ga qarshi o‘yinda nishonladi.
Dominiko Krishito esa, 2011-2018 yillar davomida “Zenit” sharafini himoya qilgan va jamoa yetakchilaridan bo‘lgan. Krishito o‘z vaqtida Rossiya premer-ligasida Eldor Shomurodovga qarshi o‘ynagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Srechko Katanes: "Qanday qilib so‘nggi daqiqada oddiy gol o‘tkazdik, buni bilmayman"