21:05 / 04.05.2021
2 258

Superliga. Markaziy o‘yinda "Nasaf" Toshkentda mag‘lubiyatga uchradi


O‘zbekiston Superligasi 7-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Unda "Bunyodkor" o‘z maydonida "Nasaf"ni 2:0 hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.
Dastlab, "ajdarlar" himoyachisi Husniddin Aliqulov o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Nurillo  To‘xtasinovning 56-daqiqada kiritgan goli jamoasining ishonchli hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, markaziy o‘yinni o‘z foydasiga hal etgan "Bunyodkor" ochkolari sonini 11 taga yetkazib oldi. "Nasaf" hisobida ham xuddi shuncha ochko mavjud.

"Bunyodkor" – "Nasaf" - 2:0
Gol:
Husniddin Aliqulov 5 avtogol, - 1:0. Nurillo To‘xtasinov 56, - 2:0.
"Bunyodkor": 1.Ravshan Yagudin, 4.Davronjon Ergashev, 6.Avazbek O‘lmasaliyev, 9.Farruh Ikromov (7.Sunnatilla Abdullajonov, 81), 10.Xurshid G‘iyosov, 11.Rasul Yo‘ldoshev (8.Sanjar Rashidov, 73), 14.Mirjahon Mirahmadov (49.Ibrohim Tomiva, 73), 19.Nurillo To‘xtasinov (13.Lutfulla To‘rayev, 84), 30.Abdulla Abdullayev, 34.Suhrob Izzatov, 35.Ibrohim Ibragimov.
Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 3.Dian Talxatov, 17.Odiljon Abdurahmonov, 24.Bek Abdullayev, 37.Muhammadodil Qahramonov.

"Nasaf": 1.Umidjon Ergashev, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G‘olib G‘aybullayev (77.Oybek Bozorov, 70), 6.Murodbek Ho‘jamberdiyev (14.Shokir Yo‘ldoshev, 70), 8.Dilshod Saitov (15.Jo‘rabek Mannonov, 77), 19.Husayn Norchayev, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullayev, 55.Shahzod Akramov (25.Muhriddin Zoirov, 56), 88.Marko Stanoyevich (70.Abubakrrizo Turdialiyev, 77), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 35.Abduvohid Ne’matov, 20.Suhrob Nurilloyev, 28.Sardor Sa’dullayev, 50.Shohmalik Komilov.
Ogohlantirishlar: Nurillo To‘xtasinov 32, Farruh Ikromov 81, Ravshan Yagudin 90+3.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Markaziy o‘yinda "Nasaf" Toshkentda mag‘lubiyatga uchradi