23:47 / 08.05.2021
3 236

"Nasaf"ning tarkibi kuchaytiriladimi? Maqsad qanday? Ro‘ziqul Berdiyev javob berdi

"Nasaf"ning tarkibi kuchaytiriladimi? Maqsad qanday? Ro‘ziqul Berdiyev javob berdi

"Nasaf" jamoasi OFK kubogiga yo‘l olishdan avval bugundan Toshkentdagi "Chig‘atoy" sun’iy qoplamali maydonida mashg‘ulotlarga kirishdi.
Mashg‘ulotlar oldidan jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning fikrlari bilan qiziqdik.

- Dastlab OFK kubogiga tayyorgarlik jarayoni haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz...
- Yaxshi kayfiyatda tayyorgarlikni boshladik. Chunki kecha klub rahbarlari ham futbolchilarga katta motivatsiya berdi. O‘zlaring ham ko‘rdinglar viloyat hokimimiz ham jamoa a’zolari bilan uchrashib muhim o‘yinlar oldidan omad tiladi. Muxlislarimiz yaxshi kuzatib qo‘yishdi. Shu bois yigitlarning ruhiy holati juda yaxshi. Bugundan "Chig‘atoy" sport bazasida mashg‘ulotlarni boshladik. Sun’iy maydonda tayyorgarlik olib borishimizni ta’kidlagandim. Ikki kun shu yerda shug‘ullanamiz. So‘ng 10 may kuni Dushanbega yo‘l olamiz. 

- Uchrashuvlarning su’niy maydonda o‘tishi qanchalik qiyinchilik tug‘diradi? Bunday pallada jarohat olish holatlari ko‘p uchraydi...
- Bu jihat o‘ylantiryapti. Lekin hech narsa bahona bo‘la olmasligi kerak. Agarda sun’iy maydon tekis bo‘lsa yaxshi o‘yin ko‘rsatish mumkin. Imkon qadar sifatli o‘ynashga harakat qilamiz. Maydonga chiqib natija ko‘rsatishimiz lozim. Muxlislarimiz bizdan g‘alabalar kutmoqda. Asosiy maqsad keyingi bosqichga yo‘llanma olish.

- Jamoaning moliyaviy holati va tarkibi 10 yil oldingidek bo‘lmasada ko‘pchilik "Nasaf"dan 2011 yilgi g‘oliblikni kutyapti. Klub rahbariyati jamoaga shunday maqsadni qo‘ydimi?
- Turnirda maksimal harakat qilamiz. 2011 yilgi natija bilan taqqoslash noo‘rin. Farq juda katta. Qolaversa o‘zim ham o‘shanda yordamchi murabbiy sifatida jamoada faoliyat yuritganman. Tarkib juda kuchli edi. Turnirning darajasi yuqoriligini yaxshi bilaman. Maksimal harakat qilsak yaxshi natija ko‘rsatishga kuchimiz yetadi. Rahbariyat bilan gaplashdik, agarda keyingi bosqichga chiqsak boshqa futbolchilarni ham ro‘yxatdan o‘tkazamiz. Jamoani kuchaytirishni o‘ylab ko‘ramiz. Buning uchun keyingi bosqichga chiqishimiz zarur. Yutishni maqsad qilsak tarkibimizni kuchaytirishimiz darkor.

- Turkmaniston klub "Oltin asr" musobaqada katta ehtimol bilan ishtirok etmaydi. Bu "Nasaf"ning rejalariga va guruhdagi holatga qanchalik ta’sir qiladi?
- Rejamiz bo‘yicha uchta o‘yinga tayyorgarlik ko‘rgandik. Shuni aytishim mumkinki, Turkmaniston jamoasi haqida bizda ma’lumotlar kam edi. Qaysidir ma’noda rejamizni biroz o‘zgartirarmiz. Guruhdagi qolgan raqiblar haqida ma’lumotlarga egamiz.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » "Nasaf"ning tarkibi kuchaytiriladimi? Maqsad qanday? Ro‘ziqul Berdiyev javob berdi