Vaqti kelsa, Ispaniya terma jamoasi bilan ham o‘ynash imkoniyatimiz bo‘ladi - Ravshan Ermatov

1 daqiqa o'qish2.1K
Vaqti kelsa, Ispaniya terma jamoasi bilan ham o‘ynash imkoniyatimiz bo‘ladi - Ravshan Ermatov
“Toshkent Besh tashabbus harakati" doirasida Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bilan yoshlarning ochiq muloqoti o‘tkazildi. Ravshan Ermatov Ispaniya futbol klubi "Atletiko Madrid" jamoasining O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi. Bu haqda "Uzreport" rasmiy sayti xabar berdi.

– Xabaringiz bor, yaqinda turizm va sport vaziri Ispaniya va Italiya safarlarida bo‘ldi. Safar chog‘ida "Atletiko Madrid" klubi vakillari bilan muzokaralar olib borilgan.

Biz ular bilan qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashishimiz mumkinligi, xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari, murabbiylarni Ispaniyaga malaka oshirishga yuborish, yosh futbolchilarimizni klub akademiyasiga joylash kabi masalalarni qo‘ydik.

Bilasiz, "Atletiko Madrid" jamoasining grafigi juda tig‘iz, shuning uchun hozircha, klubning yoshlar jamoasidan boshlab turamiz. Keyinchalik, kattalar jamoasi, vaqti kelsa Ispaniya terma jamoasi bilan ham o‘ynash imkoniyatimiz bo‘ladi, – dedi Ravshan Ermatov.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?