O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogi qo‘shma saralash turnirining Saudiya Arabistonida tashkil etilgan bosqichida ikkinchi uchrashuvda Yaman futbolchilari bilan raqobatlashdi.
Oldingi turda hamyurtlarimiz Singapurni 5:0 hisobida mag‘lub etgani va yamanliklar bilan Toshkentda bo‘lgan birinchi uchrashuvda ham xuddi shu hisobda zafar quchgani bois, ko‘pchilik bu galgi bahsda ham yirik natija qayd etilishini kutgandi.
Amalda unday bo‘lib chiqmadi. Katta ustunlik terma jamoamiz tomonida bo‘lsa ham, uchrashuv taqdirini Jaloliddin Masharipov tomonidan penaltidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Terma jamoa sardori Odil Ahmedov esa, qulay imkoniyatni qo‘ldan chiqarib, ikkinchi 11-metrlik zarbani darvoza to‘riga joylay olmadi. Asosiy to‘purarimiz Eldor Shomurodov maydonni golsiz tark etdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining kichik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdan so‘ng, yamanlik muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda o‘yin borasidagi fikr-mulohazalarini bildirdi. E’tiboringizga ularning uchrashuvga munosabatini havola etamiz.
Mogeb Ahmed: Birinchi golni o‘tkazganimizdan keyin o‘zbeklar bizni o‘tgan galgidek yirik hisobda yengadi, deb o‘ylagandim. Amalda esa biz durangga yaqin edik. O‘yin oxirida hujumda qo‘rqmay shiddatliroq harakat qilish kerak edi.
Farsan Ali: Jamoamiz bilan faxrlanaman. Garchi biz g‘alaba qozonmagan bo‘lsak-da, juda noqulay raqibga qarshi munosib o‘yin namoyish qildik. O‘zbekiston guruh yetakchilaridan biri va biz bu jamoa bilan oxirigacha kurashdik.
Wail Shabalh: Bizning terma jamoamiz bungacha beshta uchrashuvda ham O‘zbekistonga qarshi hech narsa qila olmagandi.
Muhammad Guntur: Nega hakamlar o‘zbeklarga ketma-ket penalti qo‘yib berdi?
Ahmmad Ahmade: Biz imkon qadar tajovuzkor futbol o‘ynadik va bu O‘zbekistonga noqulay usul bo‘lib chiqdi. Bundan keyin ham shu uslubda to‘p tepishimiz kerak. O‘zbeklar futbolni bizdan yaxshi o‘ynaydi, lekin biz jangovar ruhiyatimiz bilan ularni hayron qoldirishimiz mumkin.
Mohammed Mansour: Uzoq vaqtdan beri eng yaxshi o‘yinimiz shu bo‘ldi. Biz ilk marta haqiqatan jiddiy raqibga qarshi o‘zimizni ko‘rsata oldik.
Aftab Ali Thahim: O‘tgan gal O‘zbekistonga 0:5 hisobida yengilganimizdan keyin ancha o‘sishga erishgan ko‘rinamiz. Bu safar bir to‘p farqi bilan yutqazdik. Balki keyingi bahsda durangga erisharmiz.
Wail Shabalh: Hamma Italiyadan kelga hujumchidan qo‘rqayotgan edi. Lekin u hech narsa qila olmadi. O‘zbekiston terma jamoasi ham biz kutgandek o‘ynamadi. Ular bilan yaxshiroq o‘ynab, yutib qo‘yishimiz ham mumkin edi.
Muhamad Sofian: O‘zbekiston bizni bazo‘r yutganiga ishonmanglar, ular Saudiya Arabistoniga qarshi hal qiluvchi uchrashuvga kuchini tejab qolishni reja qilgani aniq edi. Chunki bo‘lajak bahsda guruhdagi birinchi o‘rin masalasi hal bo‘ladi. Oxirida biz ularni bu qilig‘i uchun jazolab qo‘yay dedik.
O‘zbekiston saralash turnirining bu bosqichdagi oxirgi uchrashuvini 15 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkazadi. Guruhda birinchi o‘rinni egallash uchun hamyurtlarimiz bo‘lajak bellashuvda faqat g‘alaba qozonishi kerak. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi