15:47 / 21.06.2021
3 823

Murodjon Ahmadaliyev Bektemirning bugungi mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi


Xabaringiz bor, bugun tong tunda professional bokschimiz Bektemir Meliqo‘ziyev AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Ushbu bahsda hamyurtimiz amerikalik tajribali bokschi, chempionlik janglaridagi ishtiroki bilan ko‘pchilikka tanish bo‘lgan Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko‘tarilgan va kutilmaganda o‘tkazib yuborilgan qarama-qarshi zarbadan so‘ng nokautga uchragan edi.

Ayni paytda Bektemir bilan birga AQSHning Indio shahrida bo‘lib turgan va birgalikda mashg‘ulot o‘tkazayotgan charm qo‘lqop ustamiz, ikki yo‘nalishda jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev Bektemirning bugungi mag‘lubiyatiga izoh bildirdi.

"Mag‘lubiyat ham, g‘alaba ham Allohdan! Ba’zida kuchlilar ham shunday sinovlardan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Seni nimalarga qodir ekaningni biz yaxshi bilamiz. Insha Alloh, oldinda seni chiroyli g‘alabalar kutyapti. Hali bugungi mag‘lubiyat g‘alabalaring soyasida qolib ketadi", - dedi Ahmadaliyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev Bektemirning bugungi mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi