Qrimda o‘ynagan o‘zbekistonlik hujumchi "Paxtakor" safida ko‘rikdan o‘tmoqda

Toshkentning "Paxtakor" klubi mavsumning ikkinchi qismidan oldin o‘z safiga hujumchi qo‘shib olmoqchi.
Shveysariyalik Eren Derdiyok jamoani tark etgan hujumda muammolar paydo bo‘ldi. Qanotda o‘ynaydigan Sherzod Temirov majburan markaziy hujumda o‘ynamoqda. Zaxirada yosh Po‘latxo‘ja Xoldorxonov qolgan xolos.
Jamoa ayni paytda Igor Sergeyevni qaytarish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Bundan tashqari "sherlar" tarkibida asli o‘zbekistonlik hujumchi Vladislav Aleksin ko‘rikdan o‘tmoqda. Aleksin "Qizilqum", "Dinamo", "Norin" va "Navbahor" klublarida o‘ynagan. Rossiyada "Avangard" va KAMAZ safida to‘p tepgan. So‘nggi yillarni hamyurtimiz Qrimda o‘tkazdi. U "Kafa", "Inkomsport" va "Qrimteplitsa" kabi klublarda to‘p tepdi. Agar hujumchining harakatlari ma’qul kelsa, Aleksin ikkinchi davrani "Paxtakor" safida boshlaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Shveysariyalik Eren Derdiyok jamoani tark etgan hujumda muammolar paydo bo‘ldi. Qanotda o‘ynaydigan Sherzod Temirov majburan markaziy hujumda o‘ynamoqda. Zaxirada yosh Po‘latxo‘ja Xoldorxonov qolgan xolos.
Jamoa ayni paytda Igor Sergeyevni qaytarish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Bundan tashqari "sherlar" tarkibida asli o‘zbekistonlik hujumchi Vladislav Aleksin ko‘rikdan o‘tmoqda. Aleksin "Qizilqum", "Dinamo", "Norin" va "Navbahor" klublarida o‘ynagan. Rossiyada "Avangard" va KAMAZ safida to‘p tepgan. So‘nggi yillarni hamyurtimiz Qrimda o‘tkazdi. U "Kafa", "Inkomsport" va "Qrimteplitsa" kabi klublarda to‘p tepdi. Agar hujumchining harakatlari ma’qul kelsa, Aleksin ikkinchi davrani "Paxtakor" safida boshlaydi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…