13:05 / 20.08.2021
3 585

Mourino Shomurodov g‘alaba keltirgan o‘yindan keyin nima dedi?

Mourino Shomurodov g‘alaba keltirgan o‘yindan keyin nima dedi?
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino UYEFA Konferensiya ligasi pley-off bosqichida “Trabzon”ga qarshi o‘tkazilgan birinchi uchrashuvdagi 2:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Bu raqibning darajasi Konferensiya Ligasida emas, balki Chempionlar ligasining pley-offida ishtirok etishga to‘g‘ri keladi. Bizga oson bo‘lmadi, ularning tarkibida tajribali o‘yinchilar ko‘p edi. Biz bosim ostida qoldik. Agar kimdir bu o‘yin yengil o‘tadi, deb o‘ylasa, qattiq adashgan bo‘ladi. Muxlislar ham muhim rol o‘ynadi, ular stadionda zo‘r muhit hosil qildi.

Biz bu uchrashuvda muvozanatni ushlab tura oldik va bu muhim edi. Tanaffusdan keyin jismoniy tayyorgarlik borasida qiyinchilikka duch keldik.

Meni ko‘p qulay vaziyat yaratib, kam gol urganimiz xavotirga solmoqda. Shuningdek, futbolchilarning hammasi ham tuzilgan rejaga amal qilmadi. Shunga qaramay, o‘yin menda ijobiy taassurot qoldirdi
, - dedi Joze Mourino.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino Shomurodov g‘alaba keltirgan o‘yindan keyin nima dedi?