Xulian Alvares «Atletiko Madrid»dan ketish niyatini bildirdi, «Barselona» qarorini kutmoqda

Xulian Alvares «Atletiko Madrid»dan ketish niyatini bildirdi, «Barselona» qarorini kutmoqda
Qisqacha

Xulian Alvares Jahon chempionatidan keyin «Atletiko Madrid»ga qaytishni istamayotganini va transfer barcha tomon uchun maqbul yechim bo‘lishini ochiq aytdi. Cadena SER ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» futbolchidan klubni tark etish istagini omma oldida bildirishni so‘ragan va Alvares bu qadamni tashladi. Endi kataloniyaliklar futbolchini o'z safiga qo'shib olish uchun muzokaralarni amaliy bosqichga o‘tkazishi kutilmoqda.

Xulian Alvares Jahon chempionatidan keyin «Atletiko Madrid»ga qaytishni istamayotganini ochiq aytdi. Argentinalik hujumchi klubdagi kelajagi bo‘yicha mas’ullar bilan gaplashganini va transfer barcha tomon uchun maqbul yechim bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

«Hozir bu haqda gapirish vaqti emas, lekin yashira olmayman. Klubdagi kerakli insonlar bilan gaplashib oldim. Mening transfer qilinishm barcha uchun yaxshi yechim bo‘ladi. Men o‘z orzumni amalga oshirishni istayman», dedi Alvares.

Cadena SER ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» futbolchidan «Atletiko Madrid»ni tark etish istagini omma oldida aytishni so‘ragan. Alvares bu qadamni tashladi. Endi kataloniyaliklar muzokaralarni amaliy bosqichga o‘tkazishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar