23:45 / 16.09.2021
2 249

Mourinyu: "Konferensiyalar Ligasi meni qiziqtirmaydi deb sizlarni aldamoqchi emasman. Men bu turnirni yutmoqchiman!"

Mourinyu: "Konferensiyalar Ligasi meni qiziqtirmaydi deb sizlarni aldamoqchi emasman. Men bu turnirni yutmoqchiman!"
Birinchi turdan o‘rin olgan "Roma" - "SSKA Sofiya" o‘rtasidagi o‘yin oldidan "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Albatta, men tarkibda ba’zi o‘zgarishlarga qo‘l uraman, ammo jamoa kurashuvchanlikni saqlab qolishi kerak. Sababi, biz bu musobaqada ko‘p narsaga erishmoqchimiz. Biz ellikta emas, beshta o‘yinni yutdik. Balansni ushlashimiz lozim. Boshlaganimizga ikki oygina bo‘ldi. O‘yinchilar men nima xohlayotganimni yaxshi tushunib turishibdi. El Shaaraviy menga kerakli o‘yinchi ekanligini biladi.

Konferensiyalar Ligasi meni qiziqtirmaydi deb sizlarni aldamoqchi emasman. Meni bu kubok qiziqtiradi. Men bu turnirni yutmoqchiman! Ammo, oldimizda juda uzun yo‘l turibdi. Bugun ushbu yo‘lni g‘alaba bilan boshlashimiz zarur
", - deydi Joze Mourinyu.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourinyu: "Konferensiyalar Ligasi meni qiziqtirmaydi deb sizlarni aldamoqchi emasman. Men bu turnirni yutmoqchiman!"