1 565
Abdumalik Xalakov: Biz jahon chempionatida raqiblar bilan emas, hakamlar bilan jang qildik
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati sekin-asta yakunlanmoqda. Musobaqada bugundan finallar boshlandi. Ushbu bosqichga o‘zbekistonlik bokschilardan faqatgina bir nafari yetib keldi xolos. Bu Abdumalik Xalakov.
Finalda hamyurtimiz fransiyalik Sofiane Oumia bilan ringga ko‘tarildi. Jangda vakilimiz mag‘lubiyatga uchrab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Taqdirlash marosimidan so‘ng Abdumalik Xalakov chempionat va final borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
- Jahon chempionatiga har tomonlama kuchli tayyorgarlik ko‘rildi. Lekin biz bu musobaqada raqiblar bilan emas, balki hakamlarga qarshi jang o‘tkazdik, deb o‘ylayman. Bizdan ko‘p g‘alabalarni olib qo‘yishdi. Biroq biz yutqazmadik. Jamoamiz dunyoda birinchi o‘rinda. Mag‘lubiyatga uchraganimizda raqiblar emas, hakamlar yengishdi. Shuning uchun endi referilarga imkon qoldirmaslik uchun juda ko‘p mehnat qilamiz.
Raqiblarimga finalgacha imkon qoldirmagandim. Fransiyalik bokschi ham kuchli ekan. Yanada ko‘proq mehnat qilib, nasib qilsa, Toshkentda o‘tadigan jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritishga urinamiz, - dedi Xalakov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi