16:48 / 08.02.2025
61

Manor Lords 9 oyda 3 million nusxa sotdi

Manor Lords 9 oyda 3 million nusxa sotdi
Hooded Horse nashriyoti oʻrta asr shahar qurish simulyatori Manor Lords 3 milliondan ortiq nusxada sotilganini e'lon qildi. Bu natijaga oʻyin 9 oy ichida erishdi – u 2024-yil 26-aprelda erta kirish rejimida chiqarilgan edi.

Bu raqam Steam, GOG, Epic Games Store va Microsoft Store platformalarida sotilgan nusxalarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, oʻyin PC Game Pass obunachilariga ham taqdim etilgan, bu esa uni oʻynagan foydalanuvchilar sonini yanada oshirdi. Nashriyot Manor Lords’ning muvaffaqiyatidan mamnun – u kutilganidan ham yaxshi natija koʻrsatdi.

Manor Lords sotuvlari dastlab juda yuqori boʻlgan:
* Ilk 30 soatda 1 million nusxa sotilgan
* 3 hafta ichida 2 million nusxa ga etgan

Keyinchalik sotuvlar sekinlashdi, lekin baribir oʻyin uchun 3 million nusxa sotilishi katta yutuq hisoblanadi, ayniqsa, loyiha bitta mustaqil dasturchi tomonidan yaratilganini inobatga olsak.

Yanvar oyida oʻyin toʻrtinchi yirik yangilanishini oldi – unda mavjud tizimlar takomillashtirildi, shuningdek, ikki yangi xarita va binolar qoʻshildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno