
GTA 6 eng kutilgan o‘yinlardan biri hisoblanadi. Konsollar uchun chiqarilish sanasi 2025 yilning kuziga belgilangan, biroq ko‘plab geymerlar kompyuter versiyasini ham intizorlik bilan kutmoqda. Rockstar Games rasman ma’lumot bermagan bo‘lsa-da, o‘yinning PC versiyasi haqidagi mish-mishlar tobora aniq shaklga kirib bormoqda.
Corsair bosh direktori Endi Polning so‘zlariga ko‘ra, GTA 6 kompyuter uchun 2026 yil boshida chiqishi mumkin.
Bu haqda u yaqinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda, apparat bozoridagi tendensiyalar va yangi Blackwell 50 videokartalariga bo‘lgan qiziqish haqida gapirar ekan aytib o‘tgan. Polning ta’kidlashicha, GTA 6 yuqori texnik talabga ega bo‘ladi va bu kompyuter jihozlari bozorining o‘sishiga turtki bo‘lishi mumkin.
Shunga qaramay, Rockstar hali PC versiyasining chiqish sanasini tasdiqlamagan. Biroq, yaqinda Take-Two rahbari Shtraus Zelnick kompyuter bozori kompaniya uchun tobora muhim ahamiyat kasb etayotganini va bu platforma umumiy o‘yin savdolarining 40% gacha ulushini egallashi mumkinligini aytib o‘tgan.
Bu yondashuv Rockstar uchun yangilik emas, chunki kompaniya avval ham GTA 5 va Red Dead Redemption 2 o‘yinlarida PC versiyasining chiqarilishini kechiktirish strategiyasidan foydalangan. Agar Endi Polning taxminlari to‘g‘ri chiqsa, GTA 6 kompyuter foydalanuvchilari konsollardan taxminan olti oy keyin o‘yin bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Hozircha bu faqat taxmin bo‘lib, rasmiy tasdiqlanmagan ma’lumotlarga asoslangan bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar