
Markaziy bankda Xitoyning nufuzli texnologik kompaniyasi — Tencent Holdings Ltd tarkibiga kiruvchi Tencent Cloud International kompaniyasi delegatsiyasi bilan muhim muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni kengaytirish va bulutli infratuzilmalarni yaratish hamda takomillashtirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar muzokaralar davomida Tencent kompaniyasining WeChat Pay raqamli to‘lov tizimini O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan mahalliy to‘lov tizimlari bilan birlashtirish masalalarini atroflicha ko‘rib chiqdi. Jumladan, QR-kod orqali raqamli to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlari hamda bu yo‘nalishda ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha kelishib olindi.
Markaziy bankning ta’kidlashicha, uchrashuv yakunida to‘lov tizimlari va raqamli moliya sohasidagi ikki tomonlama tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi hamda kelgusida amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilab olindi.
Qisqacha ma’lumot tariqasida aytadigan bo‘lsak, Tencent Holdings Ltd – 1998 yilda tashkil etilgan, Xitoydagi eng yirik xususiy investitsiya holdinglaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda bu kompaniya nafaqat Xitoyda, balki butun dunyoda ham investitsiya va venchur sohasida yetakchi o‘rinlarda turadi. Tencent'ning shu’ba kompaniyalari internet xizmatlari, sun’iy intellekt, raqamli to‘lov tizimlari hamda elektron o‘yin-kulgi sohalarida zamonaviy ishlanmalarni amalga oshirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar