Meta kompaniyasining avtomatik tizimlari tufayli Instagram va Facebook’da ko‘plab foydalanuvchilar nohaq ravishda bloklanmoqda.
Bloklash tufayli odamlar yillar davomida yig‘ilgan suratlari, xotiralari va sahifalari orqali topadigan daromadidan ayrilmoqda. Ayrimlari mijozlarini yo‘qotgan, boshqalari esa shaxsiy hayotidagi eng muhim lahzalarini abadiy yo‘qotib qo‘ygan. Eng yomon tomoni, begunoh insonlar politsiya tekshiruvi ehtimolidan qo‘rqib, ruhiy tushkunlikka tushmoqda.
Masalan, Niderlandiyalik Yasmine o‘z oilaviy biznesini besh yil davomida Instagram orqali yuritib kelgan. Ammo birdaniga sahifasi yopildi va u 5 mingdan ortiq mijozini yo‘qotdi. Texaslik Lusia esa hech qanday sabab bo‘lmasa ham “qoidabuzar” sifatida ikki haftaga bloklandi.
Britaniyalik sobiq o‘qituvchi Ryan ham bir necha marta nohaq bloklandi. Hatto Instagram xatolik yuz berganini tan olib, “siz hech qanday qoidani buzmagansiz” deb xabar qilgan. Shunga qaramay, uning sahifasi yana yopilib, hozirgacha tiklanmagan. Ryan o‘zini jamiyatdan uzilgan va hatto jinoyatchi sifatida ko‘rilishidan qo‘rqmoqda.
Mutaxassislar Meta sun’iy intellekt tizimlariga haddan tashqari tayanayotganini aytmoqda. Inson omilini hisobga olmagani uchun noto‘g‘ri bloklashlar davom etmoqda. Bu esa oddiy odamlarning hayotiga katta zarba berib, begunoh insonlarni asossiz ravishda “jinoyatchi”ga aylantirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar