Xiaomi kompaniyasi yangi Mijia Smart Fish Tank 2 Pro akvariumini taqdim etdi

Xiaomi baliq boqishni yengillashtiruvchi Mijia Smart Fish Tank 2 Pro akvariumini taqdim etdi. Qurilma suvni ko'p bosqichda tozalash, avtomatik oziqlantirish va haroratni nazorat qilish tizimlari, 1,47 dyuymli LCD-ekran hamda 5 vattli intellektual kengaytirish porti bilan jihozlangan.
Xiaomi oʻzining aqlli uy ekotizimini yangi qurilma — baliq boqishni osonlashtiruvchi Mijia Smart Fish Tank 2 Pro akvariumi bilan boyitdi. Ixbt.com maʼlumotiga koʻra, mazkur gadjet uyda baliq parvarish qilishni istagan, biroq doimiy va murakkab qarovga vaqti yoʻq foydalanuvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, suvni tozalash, avtomatik oziqlantirish hamda haroratni nazorat qilish tizimlarini oʻzida mujassam etgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Asosiy yangiliklardan biri bu suv aylanishining ilgʻor tizimi hisoblanadi. Oqim bir nechta bosqichli filtrlovchi elementlardan oʻtib, iflosliklardan bosqichma-bosqich tozalanadi. Biologik filtr suvning foydali bakteriyalar bilan uzoqroq oʻzaro taʼsirini taʼminlaydigan U shaklidagi kanalga ega boʻlsa, koʻp qatlamli filtrlar yem qoldiqlari hamda chiqindilarni samarali ushlab qoladi.
Texnik imkoniyatlar va aqlli boshqaruv
Akvarium choʻtkasiz dvigatelga ega ishonchli nasos hamda qoʻshimcha aksessuarlar, jumladan, ultrabinafsha chiroq yoki isitgichni ulash uchun moʻljallangan quvvati 5 vatt boʻlgan intellektual kengaytirish porti bilan jihozlangan. Korpusda joylashgan rangli 1,47 dyuymli LCD-ekran suv harorati, jihozlarning holati va muhim ogohlantirishlarni koʻrsatib turadi.Avtomatik oziqlantiruvchi qurilma ham qoʻlda, ham aqlli rejimda ishlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Mi Home ilovasi orqali foydalanuvchilar baliqlarni masofadan turib oziqlantirishi, nasos ishini sozlashi va suv parametrlarini doimiy nazorat qilishi mumkin. Shuningdek, tizim Xiao Ai ovozli yordamchisi orqali boshqarilishini va qopqoq ochilganda jihozlarni avtomatik ravishda oʻchirish xususiyatiga egaligi qayd etilgan.
Chidamlilik va narx siyosati
Qurilmani loyihalashda xavfsizlik va qulaylik masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilgan. Akvarium yuqori sifatli shaffof oynadan yasalgan boʻlib, baliqlarning sakrab chiqib ketishidan himoya qiladi, shuningdek, nayza oynalarning terlashi oldini oluvchi ventilyatsiya tizimi bilan taʼminlangan. Elektr taʼminotida uzilishlar yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda esa qurilma tashqi USB-pauerbank yordamida ham ishlay oladi.Xitoy bozorida Xiaomi Mijia Smart Fish Tank 2 Pro dastlabki buyurtmalar davrida 599 yuan narxda taklif etilmoqda. Ushbu mahsulot savdolari kraudsfanging platformasi orqali shu yilning 24-avgustidan boshlanishi rejalashtirilgan.






























Izohlar 0
…