date

Xiaomi bugʻ funksiyasi va Wi-Fiʼga ega yangi kir yuvish mashinasini taqdim etdi

Xiaomi bugʻ funksiyasi va Wi-Fiʼga ega yangi kir yuvish mashinasini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi Yevropa bozoridagi maishiy texnika qatorini kengaytirib, yangi Mijia Front Load Washer Dryer (8KG) modelini namoyish etdi. Bu qurilma ham kir yuvish, ham quritish funksiyalarini oʻzida jamlagan 2-v-1 formatidagi yechim boʻlib, kichik maydonli xonadonlar va zamonaviy aqlli uylar uchun moʻljallangan. Yangi modelning narxi 540 yevro etib belgilandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Qurilma 525 mm diametrli baraban bilan jihozlangan va 8 kg gacha yuklamani qoʻllab-quvvatlaydi. Yuvish sifatini oshirish uchun Power Wash texnologiyasi joriy etilgan boʻlib, u matolarni chuqur tozalash uchun kuchli suv oqimini taʼminlaydi. Gigiyenik ishlov berish uchun esa maxsus bugʻda tozalash rejimi mavjud — Xiaomi maʼlumotlariga koʻra, bu usul bakteriyalarning 99,99 foizini yoʻq qiladi.

Mashinada Smart Dry Control tizimi ham oʻrnatilgan: maxsus datchiklar kiyimlar qizib ketmasligi va matoga zarar yetmasligi uchun quritish jarayonini kerakli vaqtda avtomatik toʻxtatadi. Shuningdek, model energiya tejamkorligi boʻyicha yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlib, EU Class A standartidan 30 foiz kamroq elektr energiyasi sarflaydi.

Foydalanuvchilar uchun 30 dan ortiq dasturlar, jumladan, 15 daqiqalik tezkor yuvish va bir tugma orqali butun siklni boshlaydigan One-Tap wash-and-dry rejimi taklif etiladi. Qurilma Xiaomi Home ekotizimiga toʻliq integratsiya qilingan: smartfondagi ilova orqali jarayonni masofadan kuzatish, shaxsiy ssenariylarni sozlash va dasturiy taʼminotni havo orqali yangilash imkoniyati mavjud.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Xiaomi bugʻ funksiyasi va Wi-Fiʼga ega yangi kir yuvish mashinasini taqdim etdi