date

MTS roumingda bepul internet va cheksiz qoʻngʻiroqlarni ishga tushirmoqda

MTS roumingda bepul internet va cheksiz qoʻngʻiroqlarni ishga tushirmoqda

MTS operatori ommabop turistik yoʻnalishlarda sayohat qiluvchi abonentlar uchun bepul rouming xizmatini joriy etmoqda. Endilikda foydalanuvchilar har 30 kunda 700 MB internet-trafik va Rossiyadagi MTS raqamlariga cheksiz qoʻngʻiroq qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shuningdek, navigatsiya xaritalari, tarjimonlar va bank ilovalaridan foydalanishda trafik sarflanmaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

«Moy MTS» ilovasida foydalanuvchilar uchta rejimdan birini tanlashlari mumkin: bepul «Layt», oyiga 1000 rubl evaziga «Komfort» (3 GB internet, 50 daqiqa qoʻngʻiroq) va 3500 rubl evaziga «Maksimum» (30 GB internet, 100 daqiqa qoʻngʻiroq). «Layt» rejimi doirasida taqdim etilgan bepul resurslar muddati tugagach, foydalanuvchi ushbu rejimda qolishi yoki pullik paketlarga oʻtishi mumkin.

Xizmat yoqilgandan soʻng 30 kunlik muddat hisoblanadi, biroq taqdim etilgan daqiqa va megabaytlar faqat xorijda sarflanadi. Rouming rejimlari jami 31 ta davlatda, jumladan, Turkiya, BAA, Xitoy, Qozogʻiston, Gruziya, Misr, Tailand, shuningdek, Yevropaning qator mamlakatlari (Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya) va Avstraliyada amal qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » MTS roumingda bepul internet va cheksiz qoʻngʻiroqlarni ishga tushirmoqda