Mutlaqo yangi sensor: Huawei kompaniyasi Nova 16 Pro kamerasini namoyish etdi

Huawei kompaniyasi 1-iyun kuni rasmiy taqdimoti oʻtkazilishi rejalashtirilgan yangi Nova 16 Pro smartfonida olingan ilk suratlarni eʼlon qildi. Ushbu namunaviy suratlar qurilmaning kamera imkoniyatlari qanchalik yuqori ekanligini yaqqol koʻrsatib beradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Kompaniyaning taʼkidlashicha, Nova 16 Pro modelida multispektral obyektiv qoʻllanilgan boʻlib, u yoritish darajasi yoki obyektdan uzoqlikdan qatʼi nazar, ranglarning mukammal uzatilishini taʼminlaydi. Bu texnologiya tasvirni qayta ishlash tizimining takomillashtirilgan elementi hisoblanadi.
Multispektral datchik yorugʻlikni keng toʻlqin uzunliklarida qabul qilish xususiyatiga ega boʻlib, u standart RGB (qizil, yashil va koʻk) rang matritsasi bilan cheklanib qolmaydi. Bu esa tasvirdagi ranglar gammasini yanada boyitishga xizmat qiladi.
Ishlab chiqaruvchi mazkur texnologiya yordamida ranglar, xususan, inson terisi ranglari (skin tone) oʻta aniq va tabiiy chiqishini maʼlum qildi. Shuningdek, sahnalarning realligi va yorugʻlik ekspozitsiyasining bir tekis taqsimlanishi har qanday sharoitda ideal suratlar olish imkonini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!