Oppo Find X10 Pro Max smartfoni kamerasi sinovdan oʻtkazildi

Oppo Find X10 Pro Max smartfoni kamerasi sinovdan oʻtkazildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Uchta 200 megapikselli kameraga ega Oppo Find X10 Pro Max smartfoni real suratlarining eʼlon qilinishi uni dunyodagi eng yaxshi kamerofonlardan biri sifatida baholashga sabab boʻldi.
  • Qurilma 1/1,3 dyuymli sensorli asosiy kamera, 1/1,56 dyuymli sensorli telefoto obyektiv va 1/1,56 dyuymli keng burchakli kameradan iborat uchlikni oʻz ichiga oladi, shuningdek, 43 foizga oshirilgan yorugʻlik sezgirligiga ega ikkinchi avlod Danxia rang sensori bilan jihozlangan.

Jahon mobil bozorida oʻziga xosinqilob yasashga daʼvogar yangi flagman — uchta 200 megapikselli kameraga ega ilk smartfon amalda sinovdan oʻtkazildi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, taniqli ITHome resursi Oppo Find X10 Pro Max modelining ilk real suratlarini eʼlon qildi va qurilma jamoatchilik eʼtiborini tortdi. Mazkur gadjet hozirda dunyodagi eng yaxshi kamerofon unvonining asosiy daʼvogarlaridan biri sifatida baholanmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kameraning texnik imkoniyatlari va modullar

Smartofonning asosiy kamerasi 1/1,3 dyuymli yirik sensor va F/1,5 diafragma linzasi bilan jihozlangan boʻlib, CIPA 6.5 darajasidagi barqarorlashtirish tizimiga ega. Shuningdek, qurilmada 17 EV gacha dinamik diapazonni taʼminlovchi yangi DeepPix texnologiyasi qoʻllanilgan. Periskop modulidagi telefoto obyektiv esa 1/1,56 dyuymli sensor, F/2,1 diafragma va 70 mm ekvivalent fokus masofasiga ega boʻlib, CIPA 7.5 darajasidagi stabilizatsiya bilan taʼminlangan.

Uchinchi 200 megapikselli modul sifatida keng burchakli kamera tanlangan boʻlib uning kattaligi 1/1,56 dyuymni tashkil etadi. F/2,2 diafragmali ushbu kamera 124 darajagacha boʻlgan keng koʻrish burchagini taqdim etadi. Asosiy uchlikni toʻldirib turuvchi ikkinchi avlod Danxia rang sensori foto va video tasvirlarni yanada tabiiyroq uzatish uchun xizmat qiladi va uning yorugʻlik sezgirligi 43 foizga oshirilgan.

Zum imkoniyatlari va Hasselblad aksessuari

Uchta 200 megapikselli sensorning asosiy afzalligi aynan masofani yaqinlashtirish jarayonida yaqqol namoyon boʻladi. Hasselblad Ultra Clear maxsus rejimi tufayli smartfon, ayniqsa telefoto obyektivdan foylanganda, mayda detallarni juda yaxshi saqlab qoladi. Odatiy rejimda Find X10 Pro Max 120x gacha boʻlgan zum imkoniyatini taqdim etadi va test natijalariga koʻra, 6x hamda 10x yaqinlashtirishda yuqori aniqlik saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, Oppo muhandislari ushbu model uchun maxsus Hasselblad telekonverterini ham tayyorlashgan. Maxsus gʻilof va adapter orqali ulanadigan mazkur aksessuar faqat 200 megapikselli telefoto obyektiv bilan ishlaydi. Uning yordamida smartfon 10 karrali optik zum va sifatni yoʻqotmaydigan 20 karrali yaqinlashtirishni taʼminlaydi, maksimal raqamli zum esa 200x gacha yetkaziladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar