Shavkat Mirziyoyev ota-onalarni farzand tarbiyasida ogohlikka chaqirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ota-onalarga murojaat qilib, bugungi murakkab davrda farzand tarbiyasiga har qachongidan ham mas’uliyat bilan yondashish zarurligini ta’kidladi.
Davlat rahbari yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar ortib borayotgani jiddiy xavotir uyg‘otayotganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday jinoyatlarning qariyb uchdan bir qismi aynan yoshlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Prezident ushbu illatga qarshi kurash umummilliy vazifaga aylanganini bildirib, yaqinda narkojinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonun qabul qilinganini eslatdi.
Shuningdek, u yoshlarni giyohvandlikdan yiroq bo‘lishga, umrning har bir daqiqasini ilm olish, mehnat qilish va ezgu ishlarga bag‘ishlashga chaqirdi.
Murojaat yakunida Prezident ota-onalarga farzandning kelajagi, tarbiyasi va kamoloti avvalo oilada shakllanishini eslatib, ularni farzandlariga yanada ko‘proq e’tibor va mehr ko‘rsatishga da’vat etdi.






























Izohlar 0
…