Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida Microsoft akademiyasi va innovatsion muhandislik markazi ochiladi. Bu haqda BNews agentligi viloyat hokimi Qrimbek Kusherbayevga tayanib xabar berdi.
«Joriy yilning aprel oyida Qizilo‘rda viloyati Qozog‘istonda birinchi bo‘lib Microsoft kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Iyuldan boshlab viloyatda onlayn ta’lim orqali zamonaviy muhandislik-kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash boshlandi. Shuningdek, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va tajriba ishlarini amalga oshirish uchun Qizilo‘rda davlat universiteti negizida Microsoft akademiyasini tashkil etishga kelishib olindi», - deya aytib o‘tdi mintaqa hokimi.
Shuningdek, Qizilo‘rda viloyati Moskva po‘lat va qotishmalar instituti bilan hududda Moskvadagiga o‘xshash tadqiqot va ishlab chiqarish muhandislik markazini ochish bo‘yicha muzokaralar boshladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi