VimpelCom Ltd. global media-rejalashtiruv va reklama sotib olish uchun “Dentsu Aegis Network” va “Starcom Mediavest Group” kompaniyalarini tanladi


2015 yil 22 dekabr, Toshkent. Dunyodagi eng yirik telekommunikatsion kompaniyalardan biri, 14 mamlakatda 217 milliondan ziyod abonentlarga xizmat ko‘rsatuvchi VimpelCom Ltd. (O‘zbekistonda “Beeline” SB), yendilikda Kompaniya uchun global media-rejalashtiruv va reklama sotib olish sohasida ikki halqaro media-agentlikni tanlangani haqida xabar beradi. Mazkur yechim Guruhning yagona standartlari biznes-jarayonlar va operatsiyalarni boshqarish sohasidagi transformatsiyaning bir qismi hisoblanadi.
2016 yilning 1 yanvar kunidan “Starcom Mediavest Group” va “Dentsu Aegis Network” kompaniyalari media-rejalashtirish, shuningdek VimpelCom Ltd.‘ning Rossiya, Italiya, Ukraina, Pokiston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Bangladesh. Qirg‘iziston, Tojikiston, Armaniston va Gruziyadagi reklama sotib olish sohasida shug‘ullanadilar. Ushbu mamlakatlarda Kompaniya “Beeline”, “Wind”, “Kyivstar”, “Banglalink” va “Mobilink” savdo belgisi ostida faoliyat olib boradi.
Rozzin Boy, VimpelCom Ltd. Kompaniyasining brendini rivojlantirish va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori shunday dedi: “Bu yili “VimpelCom” kompaniyasi transformatsiya dasturini amalga oshirishni boshladi, bundan maqsad operatsion samaradorlik darajasini oshirish, harajatlarni qisqartirish va Kompaniyani yangidan qurish, haqiqiy digital-kompaniya barpo yetish. Mazkur strategiya doirasida qator ta’minotchilar bilan hamkorligimizni halqaro formatga o‘tkazdik, shuningdek rivojlanish jarayonini optimizatsiya qilgan holda biznesning innovatsiya va digital-ko‘rinishiga e’tibor bermoqdamiz. Mijozlar har bir tashabbusning markazida bogan bir zamonda, butun marketing va mijozlar bilan sifatli o‘zaro aloqa o‘rnatishni media-rejalashtirish va kreativ sohasidagi puxta bilimli hamkorlar bilan amalga oshirish mumkin. Potensial hamkorlarni puxta o‘rganib chiqish natijasida “Starcom Mediavest Group” va “Dentsu Aegis Network” kompaniyalarini mediarejalashtirish va reklama sotib olish sohasidagi strategik hamkorimiz sifatida ko‘rishdan mamnunmiz”.































Izohlar 0
…