Foto: «Cyber Monkey»
Kiberxavfsizlik sohasidagi tadqiqotchilar «Joker» deb ataluvchi xavfli troyan virusini aniqlashdi. «Bleeping Computer»ning xabar berishicha, u «Google Play» do‘konida mavjud 24 ta ilovada yashiringan bo‘lgan. Virusli dasturni yuqtirganlarning umumiy soni 427 mingtadan oshib ketgan.
Troyan zararlangan gadjetlarga buzg‘unchi dasturiy ta’minotni to‘laqonli yuklab olishga mo‘ljallangan. U o‘z o‘ljasi moslamasi haqida ma’lumot to‘playdi, undagi muloqotlar ro‘yxati va xabarlar matnini ko‘chirib oladi. Olgan ma’lumotlarni shifrlangan ko‘rinishda g‘arazgo‘y kimsalar serveriga yuboradi.
Shuningdek, mexanizm kliker funksiyasini bajaradi (reklama saytlari bilan foydalanuvchi ishiga o‘xshaydi) va SMS kodlardan foydalanib premium-servis yuzerlarni «obuna qiladi».
Xavfli dastur muayyan mamlakat foydalanuvchilariga qaratilgan: buning uchun u avtomatik ravishda «ro‘yxat»ga kiritilgan qurbonlarning mobil kodini taqqoslaydi. Hujum AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Hindiston foydalanuvchilariga qaratilgan.
«Google» virusli ilovalarni rasmiy ilova do‘konlaridan allaqachon o‘chirib tashlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi