17:13 / 24.08.2018
5 322

«Dori-Darmon» AQSh kompaniyasining ishonchli boshqaruviga berilishi mumkin

«Dori-Darmon» AQSh kompaniyasining ishonchli boshqaruviga berilishi mumkin
«Dori-Darmon» AQSh kompaniyasining ishonchli boshqaruviga berilishi mumkin, bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan prezident qarori loyihasida aytiladi.

Hozirda «Dori-Darmon» ustav fondida davlat 71 foiz aksiyalarga egalik qiladi. Kompaniya 2200dan ziyod ijtimoiy dorixonaga ega, «Dori-Darmon»ning o'zi esa davlat tibbiyot tashkilotlari uchun narkotik vositalari va psixotrop moddalarning yagona yetkazib beruvchisi hisoblanadi.

Bundan tashqari, «United Investment Healthcare Group» LLC (AQSh) bilan o'zaro anglashuv memorandumi imzolangan.

Shu munosabat bilan, «Dori-Darmon» boshqaruvi samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy etish maqsadida, istisno tariqasida, O'zbekistonda ro'yxatga olingan «United Investment Healthcare Group» LLC vakolatxonasi bilan kompaniya ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqarish bo'yicha besh yillik muddatga shartnoma tuzish taklif etilmoqda.

Agar Amerika kompaniyasi biznes-reja parametrlarini uddalay olsa, shartnoma yana besh yilga uzaytiriladi.

Agar loyiha barcha tasdiqlash bosqichlaridan o'tsa va prezident tomonidan imzolansa, unda biznes-reja va ishonchli boshqarishga bitim loyihasi bir oy ichida ishlab chiqiladi, «Dori-Darmon» esa to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar bo'yicha tovarlar, ish va xizmatlarni sotib olish huquqiga ega bo'ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » «Dori-Darmon» AQSh kompaniyasining ishonchli boshqaruviga berilishi mumkin