Oynaga qarang: Yuzingizdagi 6 ta belgi qaysi vitamin yetishmayotganidan xabar beradi?

Oynaga qarang: Yuzingizdagi 6 ta belgi qaysi vitamin yetishmayotganidan xabar beradi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Inson organizmida vitamin va mikroelementlar yetishmovchiligi yuz hamda sochdagi 6 ta o'zgarish orqali namoyon bo'ladi.
  • Xususan, soch to'kilishi V9, ko'z shishi yod, milk qonashi S vitamini, teri oqarishi V12, teri quruqligi A va lab yorilishi V2 vitamini tanqisligidan dalolat beradi.
  • Bunday belgilarni sezgan kishilar ratsionni foydali mahsulotlar bilan boyitishi hamda shifokor maslahati bilan qon tahlilini topshirishi lozim.

Ko‘pincha inson tanasida biror muhim vitamin yoki mikroelement yetishmasa, organizm bu haqda tashqi ko‘rinish — xususan yuz va soch orqali signal bera boshlaydi. Muammoni erta bosqichda payqash uchun ba’zan oynaga sinchkovlik bilan nazar solishning o‘zi kifoya.

Agar organizmingizda zarur moddalar tanqisligi yuzaga kelgan bo‘lsa, bu holat birinchi navbatda teri rangi, lablar, qovoqlar va sochlarda yaqqol namoyon bo‘ladi.

Yuzdagi asosiy o‘zgarishlar va ularning asl sabablari

Mutaxassislar yuzda ko‘zga tashlanadigan belgilar va ularga mas’ul bo‘lgan vitaminlarni quyidagicha ko‘rsatadi:

  • Sochning yomon holati va to‘kilishi — V9 vitamini (foliy kislotasi): Sochlarning jonsizlanishi, sinishi va ko‘p to‘kilishi aksar hollarda ushbu vitamin tanqisligi bilan bog‘liq.

  • Shishgan ko‘z va qovoqlar — Yod moddasi: Ertalabki qovoqlar va ko‘z atrofidagi muntazam shishlar qalqonsimon bez faoliyati susaygani hamda organizmda yod yetishmayotganidan dalolat berishi mumkin.

  • Milklardan qon ketishi — S vitamini: Tish tozalash vaqtida milklarning qonashi va zaiflashishi askorbin kislotasi yetishmayotganining eng asosiy belgilaridan biridir.

  • Oqargan, rangpar teri — V12 vitamini: Yuz rangining haddan tashqari oqarib ketishi va so‘lg‘inlik kamqonlik (anemiya) hamda V12 vitaminining keskin kamayganini ko‘rsatadi.

  • Teri quruqligi va sho‘ralashi — A vitamini: Terining quruqshab qolishi, elastikligi yo‘qolishi ko‘pincha retinol (A vitamini) tanqisligi oqibatida yuzaga keladi.

  • Lablarning yorilishi — V2 vitamini (riboflavin): Lab chetlari va yuzasining tez-tez yorilishi, yaralar paydo bo‘lishi mazkur vitamin yetishmasligidan darak beradi.

Nima qilish kerak?

Agar o‘zingizda ushbu belgilarni sezsangiz, eng avvalo kundalik ratsionni qayta ko‘rib chiqish, tabiiy ko‘katlar, sabzavotlar, mevalar va oqsilga boy mahsulotlarni ko‘paytirish tavsiya etiladi. Dorixonalardan vitamin komplekslarini o‘zboshimchalik bilan qabul qilishdan oldin esa, qon tahlili topshirib, shifokor bilan maslahatlashish maqsadga muvofiqdir.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar