Kia Seltos 2027 taqdim etildi: 190 ot kuchi va 8 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi

Kia Seltos 2027 taqdim etildi: 190 ot kuchi va 8 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi
Audio versiyasi

Kia kompaniyasi Amerika bozori uchun yangilangan Seltos 2027 model yilidagi krossoverning texnik xususiyatlari va narxlarini eʻlon qildi. Avtomobil yanada zamonaviy dizayn, kattalashgan oʻlchamlar va kengaytirilgan jihozlar toʻplamiga ega boʻldi. Tashqi koʻrinishidan yangi Seltos brendning flagman modellari — Telluride va EV9 uslubiga yaqinlashgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Krossover yangi svetodiodli optika, qayta ishlangan radiator panjarasi va yanada zamonaviy kuzov detallari bilan taʻminlangan. Boshlangʻich versiya 12,3 dyuymli ekranli multimedia tizimi, raqamli asboblar paneli, elektron yordamchilar va 147 ot kuchiga ega 2,0 litrli atmosfera dvigateli bilan jihozlangan. Ushbu dvigatel variator bilan juftlikda ishlaydi.

Qimmatroq komplektatsiyalarda haydovchi oʻrindigʻining elektr uzatmasi, smartfonlar uchun simsiz quvvatlagich, oʻrindiqlar isitilishi, ikki zonali iqlim nazorati va yukxona eshigining elektr yuritmasi mavjud. Model qatorining eng yuqori pogʻonasidan X-Line SX versiyasi joy olgan boʻlib, u 1,6 litrli, 190 ot kuchiga ega turbo dvigatel, 8 pogʻonali avtomat uzatmalar qutisi va toʻliq uzatma (AWD) tizimi bilan jihozlangan.

AQSH bozorida Kia Seltos 2027 narxi 24 990 dollardan boshlanadi, eng yuqori komplektatsiya esa 32 790 dollarni tashkil etadi. Keyinchalik Kia gibrid versiyani ham sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda, biroq uning narxi hozircha ochiqlanmagan. Maʻlumot oʻrnida, AQSHda Kia savdolari keskin oʻsgan boʻlib, Telluride va Sportage Hybrid modellari eng xaridorgir boʻlib turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar